Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-mart kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q