Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari BAA Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakatning doʻst xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Suhbatda koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili oʻzaro savdo hajmi ikki barobarga koʻpaydi. Oʻzbekistonda 240 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi.
Neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, infratuzilmani rivojlantirish sohalarida, togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va BAA yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q