Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar soʻyib kelingani aniqlandi

Saqlash
16:44 / 11.03.2023 1536 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida itlar soʻyilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 4-mart kuni “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga Ahmad Yassaviy kolxozida joylashgan uylarning birida itlar shafqatsizlarcha oʻldirilayotgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan. Jamiyat volontyorlar IIB xodimlari bilan uyga borgan hamda hovlida qon va oʻnlab it terilarini koʻrgan.

 

Xususan, ular 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. 10 ta it “Kavcheg” boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga olib ketilganyu

 

Yuqori Chirchiq tumani IIBning aniqlashicha, Ahmad Yassaviy mahallasida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan fuqaro V.X. oʻzining yashash xonadonida 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagan va ularni soʻyib kelgan.

 

Hozirda tuman IIB va Veterinariya boʻlimi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Soʻyilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni soʻyishdan koʻzlagan maqsadlariga oydinlik kiritish jarayoni ketmoqda.

 

Surishtiruvlar davomida aniqlangan maʼlumotlarga koʻra qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//