Ilm-fan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Slovakiyaning “Shimko Grupp” korxonasi tomonidan tuzilgan innovatsion texgnologiyalar transferi toʻgʻrisidagi memorandum doirasida joriy yilning 10-mart kuni Dushanbe shahrida DB Biotexnologiya (Slovakiya-Oʻzbekiston) laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.
Mazkur laboratoriyada saraton kasalligini molekulyar tashxislash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, Slovakiyadan innovatsion texnologiyalar transferining amalga oshirilishi esa ikki davlat milliy tibbiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Laboratoriya binosining ochilishi Tojikistondagi eng yirik saraton kasalliklari ilmiy markazi hududida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Tojikistonda DB Biotexnologiya laboratoriyalarining ochilishi oʻsmalarning gistologik turini aniqlashda, saraton kasalligini differensial tashxislashda eng yuqori samaradorlik va aniqlikka erishishga imkon beradi, shuning uchun respublikalarning tibbiyot muassasalari uchun target terapiyani tanlashda va davolash natijalarini prognozlashda yordam beradi. Mazkur laboratoriyalar tarmogʻining kengaytirishning muhim bosqichi milliy ilmiy-ishlab chiqarish bazasida onkologik va autoimmun kasalliklarni davolashda foydalaniladigan antitanachalarni ishlab chiqish boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q