Ilm-fan
10-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovga Ekvatorial Gvineyaning Jibloho shahrida tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar uchun YUNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti topshirildi. Shuningdek, ushbu mukofot bilan Misr Milliy tadqiqot markazining Oziq-ovqat toksikologiyasi va ifloslantiruvchi moddalar kafedrasi professori Mosaad Attia Abdel-Wahhab, Vilnyus universitetining kimyo va yer fanlari fakultetidagi ““Nano Tech nas” nanotexnologiya va materialshunoslik markazi rahbari Almira Ramanaviciene, Xitoyning birinchi xususiy tadqiqotga yoʻnaltirilgan xususiy universiteti - Westlake University asoschisi Yigong Shi ham taqdirlandi.
Mukofotlanganlarning tadqiqotlari oziq-ovqat xavfsizligi, paxta navlarini takomillashtirish, vaksinalarni ishlab chiqish va ogʻir irsiy kasalliklarni davolashning innovatsion usullariga qaratilgan.
Maʼlumot uchun, YUNESKOning mazkur mukofoti 2012-yildan buyon olimlarning hayot toʻgʻrisidagi fanlar boʻyicha erishgan yutuqlari, asosan, aholi ogʻirini yengil qilish, hayotini yaxshilashga qoʻshgan hissasi uchun berib kelinmoqda. Janubiy Afrika, Meksika, Misr, Peru, Burkina-Faso, Eron, Braziliya, Hindiston, Senegal, Portugaliya, Isroil, AQSH, Irlandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya yetakchi olimlari mazkur mukofot gʻolibi boʻlgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q