Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi. Bu haqda agentlik oʻz rasmiy sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bogʻliq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda. Xususan, qarindoshlariga pul oʻtkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.
Ushbu holatlar boʻyicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.
«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul oʻtkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor boʻlishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni soʻraymiz», deyiladi agentlik xabarida.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111022
Jamiyat
94507
Jamiyat
90444
Jamiyat
74484
Jamiyat
//
Izoh yo‘q