
Jamiyat
Ertaga, 11-mart kuni Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 11-mart kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
12-mart, yakshanba kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shimoliy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Bugun va ertaga respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzoni kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq atrofida, ertaga kunduzi 21-26 daraja iliq boʻladi, yakshanba kuni havo salqinroq boʻladi, havo harorati 13-18 daraja iliq boʻladi.
11-12-martda kutilayotgan yomgʻirlar hisobiga togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q