Oʻzbekiston Prezidenti Si Szinpinga tabrik yoʻlladi

Saqlash
19:40 / 10.03.2023 985 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yigʻinining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.


Davlatimiz rahbarining qutlovida soʻnggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli koʻrilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritgani alohida taʼkidlangan.


Xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga XXR Raisining qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.


Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan davlatlarimizning koʻp qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.


Oʻzbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, doʻst Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//