Toshkentda yugurish musobaqalari oʻtkazilishi sabab qator koʻchalar avtomobillar harakati uchun yopiladi

Saqlash
12:03 / 10.03.2023 799 0

Toshkent shahrida xalqaro yugurish sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan qator koʻchalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonovning qarorida keltirilgan.

 

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan 12-mart kuni Toshkent shahrida V International Tashkent Marathon xalqaro yugurish sport musobaqalari oʻtkaziladi. Shu sababli 11-mart kuni soat 10:00 dan 12-mart kuni soat 16:00 gacha:

 

Afrosiyob koʻchasi — Islom Karimov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Sharof Rashidov shohkoʻchasi — Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Islom Karimov shohkoʻchasi — Sharof Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Afrosiyob koʻchasi — Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Shahrisabz koʻchasi — Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Oybek koʻchasi — Shahrisabz koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Nukus koʻchasi – Oybek koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

 

Abdulla Qodiriy koʻchasi — Istiqbol koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Abay koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi, aholi oʻrtasida jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish