Toshkent metrosining 7-bekati sakkiz kunga yopiladi

Saqlash
17:52 / 09.03.2023 1332 0

Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi 6- va 7-bekatlari oraligʻidagi yer ustki qismida Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yoʻl oʻtkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.

 

Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qoʻyliq) joriy yilning 11-mart kunidan 18-mart kuniga qadar metro yoʻlovchilariga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi.

 

“Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi. Yoʻlovchilar uchun esa 6- va 7-bekat oraligʻida qoʻshimcha avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//