Jamiyat
Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda, Jahon tillari universiteti talabasi B.J. va boshqalar fuqaro E.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q