Buxoroda 7 qavatli binoning 8-qavatidan uy sotgan quruvchi aniqlandi

Saqlash
14:50 / 09.03.2023 1080 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlab, mahalliy quruvchilarning biriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.


Maʼlum boʻlishicha, “N.A.” MCHJga shahar hududidan koʻp xonadonli 7 qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan boʻlsada, korxona rahbari Oʻ.Q. hech qanday hujjatlarsiz turar joy binosiga qoʻshimcha 8-qavatni qurib, fuqarolarga sotgan.


U ushbu xonadonlarni mijozlar nomiga rasmiylashtirib boʻlmasligini bilib turib, 6 nafar fuqaroning 838,6 mln soʻm va 14 400 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//