Jamiyat
Toshkentda 37 yoshli rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali muharriri Aleksandr Nechayev toʻsatdan vafot etdi. Bu haqda jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi doʻstlari xabar berdi.
Oʻlimga nima sabab boʻlgani nomaʼlum.
Marhumning doʻsti, jurnalist Denis Korsakovga koʻra, Nechayev bir-ikki oy Toshkentda istiqomat qilish uchun kelgan.
Korsakovning maʼlum qilishicha, dushanba kuni Nechayev messenjerdagi xabarlar va qoʻngʻiroqlarga javob berishni toʻxtatgan.
Shundan soʻng, u yashayotgan xonadonni tekshirishga kelgan uy egasi va ichki ishlar xodimi eshikni ochib, marhumning jasadini topishgan.
Oʻzbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Oʻlim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q