Prezident 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Saqlash
02:55 / 07.03.2023 1905 0

Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

 

Hujjat mamlakatda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida qabul qilingan. 

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

Arziyeva Marxabo Imamnazarovna - “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati;

 

Atabayeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi “Siyovush gold trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati;

 

Axmedova Zulfiya Raxmonovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati;

 

Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati;
Begmatova Aziza - O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi;

 

Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo‘lim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;

 

Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qo‘qon shahridagi “Qo‘qon yor-yori” ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Farg‘ona viloyati;

 

Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi “Nurafshon dala sari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;

 

Matyakubova Mexriban Kadamovna - “Hunarmand” uyushmasining Xiva shahar bo‘limi a’zosi, kashtachi, Xorazm viloyati;

 

Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshlig‘i, Samarqand viloyati;

 

Rajabova Marhabo Muxammadiyevna - Qorako‘l tumanidagi “Xosiyatli Qorako‘l nuri” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati;

 

Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori;

 

Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Namangan viloyati;

 

Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi “Tuyaqush tillolari” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;

 

Xojametova Zamira Jumabayevna - Qo‘ng‘irot tumanidagi “Kungrad agro-solodko system” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi “Do‘stlik” madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati;

 

Alimova Arzixan Abdillayevna - “Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi a’zosi, quroqchi;

 

Atalikova Yevgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati;

 

Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqal’a tumanidagi “Matyoqub Qodir” chorvachilik fermer xo‘jaligi texnologi, Xorazm viloyati;

 

Vasileva Tatyana Aleksandrovna - “O‘zaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy bo‘linmasi dispetcheri;

 

Jurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;

 

Ismailova Gavxar Abdumananovna - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati;

 

Kaipova Gulistan Sarsenbayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

 

Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna - Paxtachi tumanidagi “Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati;

 

Lyan Yekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri;

 

Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Milk Foods Trade” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri;

 

Nesterovich Lyudviga Petrovna - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh;

 

Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi “Marhamat 112-qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati;

 

Salimova Manzura Alimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi;

 

Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi “Qorako‘l Uchtepa sur” mas’uliyati cheklangan jamiyati cho‘poni, Navoiy viloyati;

 

Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;

 

Cho‘liyeva Ziynat Boboyevna - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo‘limi muhandisi, Buxoro viloyati;

 

Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi “Art Soft Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati;

 

Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

 

Dadaboyeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati;

 

Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;

 

Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i, yozuvchi;

Mirzayeva Mehriniso Latipovna - G‘ijduvon tumanidagi “Marjona E’zoza” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati;

 

Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri.

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og‘ir kuyish jarohatlari bo‘limi katta hamshirasi, Buxoro viloyati;

 

Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati;

 

Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;

 

Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali ko‘z jarrohi, Samarqand viloyati.

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

Madaliyeva Feruza Maxamadovna - “Taraqqiyot” aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati;

 

Mirzayeva Yelena Sadullayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Foreign Languages” telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-ma’rifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri;

 

Erkayeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi “Mironshoh va Ibrohimjon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati.

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

 

Aleuova Gulistan Userbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi;

 

Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Samarqand viloyati;

 

Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Xo‘jayli” chegara bojxona posti katta inspektori;

 

Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi.

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

 

Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

 

Davronova Sharifa Jamsherovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

 

Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi “Techno time academy» robototexnika maktabi direktori.

 

“Shuhrat” medali bilan

 

Abdiyeva Mu’tabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi “Reka-Med Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yig‘uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati;

 

Abdukadirova Saida Islamovna - “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” filiali markazlashtirilgan ta’mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati;

 

Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi;

 

Artikova Dilnoza Ilxombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi;

 

Voxidova Nilufar Umarovna - “Hunarmand” uyushmasining Chust tumani bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Namangan viloyati;

 

Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xo‘jayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

 

Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati;

 

Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi, “Oqila ayollar” harakati a’zosi;

 

Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi;

 

Kasimova Shoira Satvoldiyevna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi;

 

Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati;

 

Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi «Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi xo‘jalik bekasi,  Navoiy viloyati;

 

Mexmonova Ro‘zixon Abduvaliyevna - Baliqchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati;

 

Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyo‘l shahridagi “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati;

 

Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi “Olot kashtado‘zlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;

 

Nurjanova Saboxat Shomuratovna - “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati;

 

Samiyeva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

 

Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘prikli kran mashinisti;

 

Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bag‘dod tumanidagi “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Farg‘ona viloyati;

 

Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna - “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati;

 

Xaliyarova Xabiba Alekseyevna - G‘uzor tumanidagi “Mohigul Mohlaroyim jilosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati;

 

Xodjibolayeva Ra’no Odilovna - Farg‘ona shahridagi “Surxtepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati;

 

Sherova Zulfiya Maxmudovna - Sho‘rchi tumanidagi “Sho‘rchi Aziz agrofirma” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,  Surxondaryo viloyati.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//