Siyosat
Shavkat Mirziyoyev faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, hujjat bilan komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullangan.
“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati:
Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi;
Samandarova Barno Tozaboy qizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Abdukarimova Feruza Ulugʻbek qizi — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
Muxtarxoʻjayeva Durdona Mutalibjon qizi — D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
Aminova Niginabonu Bahriddinovna — Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati);
Gʻayratova Gulzoda Sanʼat qizi — Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
Anvarbekova Charos Anvarbek qizi — Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati);
Shokirova Samira Salohiddin qizi — Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi;
Toʻrayeva Maʼmura Oʻral qizi — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;
Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi — Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;
Rahmatova Dildora Ismat qizi — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi;
Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi — Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
Xudoyorova Farangiz — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi;
Ergashova Baxora Sayfillo qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati);
Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi — Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
Obidova Hilola Ilhomjon qizi — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Beton sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari;
Ilmatova Rinata Rinatovna — Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti;
Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Isomadinova Goʻzal Zaxriddin qizi — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
Yoʻldosheva Nargiza Daston qizi — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi — Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi;
Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi — Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Yusupova Indira Rustamovna — Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
Abdullayeva Shirin Baxodirovna — Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi — Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi.
“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Zulfiya” mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov zimmasiga yuklangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q