Jamiyat
“Oʻzgidromet” 7-mart, seshanba kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 22-25 metr/sekundgacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 22-25 metr/sekundgacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 22-25 metr/sekundgacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q