Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi (foto)

Saqlash
17:14 / 06.03.2023 1082 0

Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan shu yilning 8-fevral kuni Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryadi zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish hamda zilziladan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Turkiya Respublikasiga joʻnab ketgandi.

 

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar qariyb bir oy davomida zilzilalardan jabr koʻrgan turk xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatib, ogʻir damlarda qoʻllab-quvvatlab, ularga kamarbasta boʻldi. Shu vaqt davomida ular jami 3860 nafar fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatdilar, ulardan 1795 nafari erkaklar, 1177 nafari ayollar va 888 nafarini esa bolalar tashkil etmoqda.

 

6-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi xodimlarini ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari, mudofaa vazirining oʻrinbosari va boshqa rasmiylar kutib oldi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//