Jamiyat
Haydovchilar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Telegramʼdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga koʻra, taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda oʻqitiladi. Oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi. Mazkur kurslarda oʻqish uchun talabgorlar akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda akademiya va talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Toʻlov miqdorlari:
haydovchi-yoʻriqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 million 350 ming soʻm);
oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 million soʻm), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 million soʻm).
Tinglovchilarga ularning oʻquv jarayonida ishtirokini taʼminlash hamda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda tyutor (oʻqituvchi-konsultant) yordamlashadi.
Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q