Toshkentga eng koʻp qaysi viloyatdan koʻchib kelingani maʼlum boʻldi. Bu Qashqadaryo emas

Saqlash
15:28 / 06.03.2023 1034 0

Toshkent shahriga eng koʻp Toshkent viloyatidan koʻchib kelingan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.

 

Toshkent viloyatidan poytaxtga 18648 kishi koʻchib kelgan boʻlsa, ikkinchi oʻrindagi Qashqadaryo viloyatida bu koʻrsatkich 5924 kishiga teng. Shuningdek, Samarqand (3486 kishi), Surxondaryo (2853 kishi) va Buxoro (2777 kishi) viloyatlarida ham bu raqam yuqoriligini koʻrish mumkin.

 

2022-yilda Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni:

 

Toshkent viloyati – 18648 kishi;

Qashqadaryo viloyati – 5924 kishi;

Samarqand viloyati – 3486 kishi;

Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;

Buxoro viloyati – 2777 kishi;

Fargʻona viloyati – 2181 kishi;

Andijon viloyati – 1716 kishi;

Xorazm viloyati – 1688 kishi;

Navoiy viloyati – 1529 kishi;

Namangan viloyati – 1521 kishi;

Jizzax viloyati – 1303 kishi;

Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;

Qoraqalpogʻiston – 989 kishi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//