Sport
Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri nihoyasiga yetdi.
Dunyoning 49 mamlakatidan ishtirok etgan 360 dan ortiq sportchilar oʻrtasidagi bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiyadan soʻng umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin esa Avstriya vakillariga nasib etdi.
Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor boʻldi.
Oltin medal:
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev;
-90 kg: Davlat Bobonov;
+100 kg: Alisher Yusupov.
Kumush medal:
-66 kg: Sardor Nurillayev.
Bronza medal:
-60 kg: Doston Roʻziyev;
-66 kg: Muhriddin Tilovov;
-81 kg: Muso Sobirov;
-70 kg: Gulnoza Matniyazova.
Qayd etish kerak, bu “Katta dubulgʻa” turnirlarida medallar soni boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord hisoblanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q