Ertaga harorat 26 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
17:27 / 03.03.2023 1654 0

“Oʻzgidromet” 4-mart, shanba kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//