Jamiyat
Daryo.uz saytida 2023-yil 1-mart kuni e‘lon qilingan “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi va “Uyg‘onish ma’rifati” kitobi bilan bog‘liq tanqidiy xabarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining rasmiy munosabati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori, 2021-yil 1-dekabrda 416a-son bilan Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Nizomga asosan Markazga milliy ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, kitoblar chop etish va tarqatish kabi vazifalar belgilangan.
“Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25-fevral kuni o‘tkazilgan 16-son majlis bayoniga asosan tayyorlangan bo‘lib, kitob-albomda Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi besh yil ichida Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilgan tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari yoritilgan.
Shuningdek, “Uyg‘onish ma’rifati” kitobida muallifning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, yangilanishlar mohiyati, ma’naviy taraqqiyot asoslari, islohotlar mazmuni kabi dolzarb mavzulardagi maqola va suhbatlari o‘rin olgan.
Jumladan, muallifning mazkur kitobidan o‘rin olgan “Yangi O‘zbekiston orzusi” g‘oyasi Vatanimizning ulug‘ qalbiga aylanishi kerak“, “Yangi davrning uyg‘onish ma’rifati”, “Biz yangi milliy taraqqiyot sari qadam qo‘yishga munosib xalqmiz”, “Vijdon erkinligi - har bir jamiyat erkinligining ko‘zgusi”, “Ma’naviy mas’ullik”, “Renessans–insoniyat taraqqiyotining durdonasi”, “So‘zdan nur ham zulmat ham yaratish mumkin” kabi maqolalari keng kitobxonlar ommasi va joylarda ma’naviyat targ‘ibotchilari amalda foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
“Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi va “Uyg‘onish ma’rifati” kitobi Markaz kollegial organi – “Maslahat kengashi”ning 2022-yil 2-dekabrdagi 28-son majlis bayoniga asosan Markaz tasarrufidagi “Ma’naviyat” nashriyotida tayyorlangan.
“Ma’naviyat” nashriyoti Markaz tasarrufida bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatining 9-bandiga asosan u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolangan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi Axborot xizmati
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q