Jamiyat
2-mart kuni Senatning oʻttiz yettinchi yalpi majlisida “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Xususan, soʻnggi vaqtlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari koʻpayib borayotganligi, bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sogʻligʻi yomonlashishida yoki oʻlimida asossiz ravishda ayblash, shuningdek, hech bir sababsiz shifokorlarga va oʻrta tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari yuz berayotganligi qayd etildi.
Qonun bilan yuqorida qayd etilgan muammolarga yechim topish maqsad qilingan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.
Bunda ushbu noqonuniy faoliyatni amalga oshirgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solish yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-7-moddasida tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik haqidagi ishlarni koʻrib chiqish belgilanmoqda.
Bundan tashqari, ushbu Kodeksning 305-moddasiga muvofiq mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqish muddati uch sutkani tashkil etishi qayd etilmoqda.
Senatorlarning taʼkidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilib, ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini oladi. Shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga oʻz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q