Jamiyat
2023-yilning fevral oyi davomida Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 1159 ta holatda 51,6 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Vazirlik matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, buning oqibatida tizimga 23,2 mlrd soʻm zarar keltirilgan. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 258 mingta xonadonning bir oylik elektr energiyasi isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanishning eng koʻp holatlari Samarqand, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Samarqand viloyatidagi “D.S.A.” MCHJda 7,6 mlrd soʻm, Namangan viloyatidagi “I. J.” MCHJda 646 mln soʻm, Buxoro viloyatidagi “M.Z.S.” fermer xoʻjaligida 428 mln soʻm miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
“Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Gazeta.uz”ning eʼtibor qaratishicha, yanvar oyida Oʻzbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng boʻlgan 5,6 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish boʻyicha 511 ta holat aniqlangan.
2022-yil dekabr oyida esa raqamlar 15,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanilganini koʻrsatgan. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr isteʼmolini tashkil qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q