Namanganda quriladigan yangi GESlar natijasida 70 mingta xonadon svet bilan taʼminlanadi

Saqlash
15:40 / 02.03.2023 978 0

Namangan viloyatida 65-70 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniga ega 3 ta GES qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, katta Fargʻona kanalining Namangan viloyat Uchqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtgan qismida umumiy quvvati 12 MVt boʻlgan 2 ta kichik gidroelektr stansiya qurilib, 2019-yilda ishga tushirilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, hozirda katta Andijon kanalida quvvati 23 MVtga teng boʻlgan 3 ta gidroelektr stansiyasi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Bu esa, qoʻshimcha ravishda yiliga 175 mln. kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi va 65-70 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//