Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni “2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilindi.
Qaror Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzning maʼnaviy hayotdagi oʻrni va taʼsirini inobatga olib, ushbu ayyomni milliy qadriyat va urf-odatlarga uygʻun tarzda, har tomonlama munosib darajada nishonlash maqsadida qabul qilingan.
Qarorda qayd etilishicha, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqadi.
Mazkur konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejissorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillarini jalb etgan holda yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralari koʻriladi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ham bir hafta muddatda Navroʻz umumxalq sayillariga har tomonlama munosib tayyorgarlik koʻrishi va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishi koʻzda tutilgan.
Oʻtkaziladigan bayram tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlar Toshkent shahrida – respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q