Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ozarboyjon yetakchisi 2-mart kuni mamlakat poytaxtida boʻlib oʻtadigan Qoʻshilmaslik harakati sammitini qoʻllab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev, oʻz navbatida, Ozarboyjon ushbu tuzilmaga samarali raislik qilayotganini alohida taʼkidladi.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil koʻrib chiqdilar. Tizimli va samarali muloqotlar tufayli Oʻzbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 50 foizdan ziyodga oshdi. Avtomobilsozlik, toʻqimachilik sanoati va ipakchilik kabi ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi. Neft-gaz, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida oʻtgan birinchi Hududlar forumi doirasida qoʻshma Investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Mamlakatlarimiz erkin iqtisodiy zonalarni va soliq maʼmuriyatchiligi tizimini rivojlantirish borasida oʻzaro tajriba almashishdan manfaatdorligi taʼkidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q