Iqtisod
Fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ko‘rsatkichlarga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 foizga yetdi. Yil boshidan beri narxlar 1,4 foizga oshdi.
2023-yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
2023-yilning fevralida piyoz narxi o‘tgan oyga nisbatan 9,8 foizga oshdi. Pomidor va Bodring esa mos ravishda 9,3 va 9,2 foizga qimmatlashdi.
Piyoz narxlari o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 197,2 foizga oshgan. Shuningdek, sabzi (26,8 foizga oshgan), bodring (21,4 foiz), lavlagi (12,3 foiz), banan (8,1 foiz) va pomidor (7,1 foiz) narxlari ham 2022-yilning fevraliga nisbatan ko‘tarilgan.
Mazkur davrda narxi arzonlashgan mahsulotlar orasida kartoshka (5 foizga pasaygan), karam (22,6 foiz), olma (23,7 foiz), limon (24,5 foiz) va sarimsoq (28,8 foiz) bor.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, yil boshidan beri inflyatsiya (1,4 foiz) so‘nggi to‘rt yillikdagi eng past ko‘rsatkichda bo‘ldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q