Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Tojikiston Respublikasidan mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan 4 kg 810 gr. “opiy” va 42 kg 892 gr. “gashish” moddalari to‘xtatib qolindi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1986-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tagan shaxs Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi, 1987-y.t. tanishi bilan birga Beshariq tumanidagi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Zafarobod tumaniga borgan.
U yerda mahalliy narkosavdogar bilan uchrashib, yuqorida keltirilgan ajal og‘usini 10 ming AQSH dollari evaziga Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hududiga o‘tkazib berishga kelishishgan. Lekin, kuryerlar narkotik moddalarni davlat chegarasidan o‘tkazgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Avval xabar berilganidek, yashash xonadonida 7 kg 331 gr. “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1992-y.t. fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida uning ko‘rsatmasi asosida qarindoshining uyidan 6 kg 403 gr. “opiy” moddasi qo‘shimcha ashyoviy dalil sifatida olindi. Ta’kidlash joizki, ushbu narkotik moddalar ham Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilan tezkor tadbirda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi, 1963 va 1968-yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tagan 2 nafar fuqaro 1 kg. 399 gr. “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi. Bu holatda narkotik modda Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.
DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida yashovchi, 1979, 1984, 1987-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ularning yonlari va xonadonlari ko‘zdan kechirilganda Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan jami 546 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q