Toshkentdagi chang manbasi OKMK ekani rad etildi

Saqlash
17:12 / 01.03.2023 977 0

Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) «Effekt Makarenko»Telegram kanalidagi Toshkent changlashishining asosiy sababi kombinat «Yoshlik I» konining yangi uchastkasida tozalash ishlarini boshlagani haqidagi xabarini rad etdi.

 

Kombinat bayonotida aytilishicha, kondagi tog‘ jinslarini tozalash va rudalarni qazib olish uchun burg‘ulash va portlatish ishlari «normativ talablarga muvofiq» amalga oshiriladi.

 

«Kon ochish ishlari tog‘ jinslarini, dioritlar va siyenito-dioritlar tub joylashuvlari, shuningdek rudalarni qazib olish uchun amalga oshirib boriladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish zarurki, tub jinslarining qattiqligi Protodyakonov shkalasi koeffitsiyenti bo‘yicha kon maydonida IX dan XIV gachani tashkil qiladi. Yer tuproq (loysimon) jinslarini qazib olishda burg‘ulash va portlatish ishlari olib borilmaydi, faqat tog‘ jinslarining ekskovatsiyasi olib boriladi. Kon maydonida gips jinslari yo‘q, changni bostirish uchun tosh massasiga suv sepish ishlari tashkil etilgan», — deya qayd etgan OKMK.

 

Shuningdek, SanPinning №0350−17-sonli «O‘zbekiston Respublikasining aholi yashaydigan hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari», «Rangli metallarni qazib olish uchun chiqindi to‘plash omborlari va shlamyig‘gichlar» (6.1.3-band) nizomlariga muvofiq, 500 metrlik sanitariya muhofazasi zonasiga rioya qilinishi ta’minlangani aytilgan.

 

«„Yoshlik I“ koni Olmaliqning janubiy qismida, Toshkent shahridan 61,4 km masofada (azimut yo‘nalishi 333 gradus), Toshkent undan shimolroqda joylashgan. Shamolning o‘rtacha yillik tezligi hududda 1,2 m/sekundga teng, uning ortib ketish ehtimoli 5% va 5 m/sekundgacha teng bulishi mumkin. Shamolning asosiy yo‘nalishi — ustunligi sharqda (azimut 90 gradus) va janubiy-sharqda (azimut 120−135 gradus)ni ko‘rsatishi Toshkent shahri geografik jihatdan shamol esadigan hududda joylashmaganligini isbotlaydi», — deyiladi kombinat xabarida.

 

«Konlarni o‘zlashtirish uchun loyiha oldi loyiha hujjatlarida ekologik xavflarning yuzaga kelishi va atrof-muhitga ta’sirining oldini olish choralari hisobga olingan va bajarilayotgan ishlarning atrof-muhitga ta’sirining oldini oladigan choralar ko‘rilgan», — deyilgan OKMK bayonotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//