Jamiyat
Prezident 2022-yil 23-dekabrda “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagan. Quyida oʻzbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi degan savolga javob beriladi.
8-mart (chorshanba) – Xotin-qizlar bayrami – oʻzbeklar bir kun dam oladi. Mehnat kodeksiga koʻra, bu ishlanmaydigan bayram kuni. Ayni kunlar boʻyicha prezident farmoniga hech qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmagan.
Navroʻz bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt-besh kun dam oladi.
Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar 20-mart (dushanba) va 22-mart (chorshanba) boʻladi.
Bundan tashqari, mart oyida besh kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
- 11-mart, shanbadan 20-mart, dushanbaga;
- 25-mart, shanbadan 22-mart chorshanbaga.
Shunday qilib, haftasiga 6 kun ishlaydigan oʻzbekistonliklar quyidagi dam olish kunlariga ega boʻladi:
- 2023-yil 19-mart (yakshanba) — taqvim boʻyicha dam olish kuni;
- 2023-yil 20-mart (dushanba) — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun/koʻchirilgan dam olish kuni;
- 2023-yil 21-mart (seshanba) — dam olish kuni;
- 2023-yil 22-mart (chorshanba) — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun/koʻchirilgan dam olish kuni.
Haftada 5 kun ishlaydiganlar quyidagi kunlarda dam oladi:
- 2023-yil 18-mart (shanba) — taqvim boʻyicha dam olish kuni;

//
Izoh yo‘q