Jamiyat
Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va biznes klass tariflariga 21 foizlik chegirma eʼlon qildi.
Chegirma shartlari quyidagicha:
Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun (INF) amal qilmaydi;
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 25 foiz bolalar chegirmasiga qoʻshimcha ravishda 21 foiz chegirma taqdim etiladi;
Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi boʻlgan yoʻlovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
Toʻliq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar joʻnash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga toʻgʻri kelmasa, toʻliq tarif darajasiga chegirmalar qoʻllanilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q