Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturni imzoladi.
Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi:
– 2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etadi;
– 18–40 yoshli 12,6 million nafar aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, 40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan 6,3 million nafar aholini yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million nafar aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazadi;
– spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bolani dori vositalari bilan ta’minlaydi;
– 250 nafardan ortiq zaif eshituvchi bolada koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish, bunday operatsiyalar o‘tkazilgan 132 nafar bolada nutq prosessorlarini almashtirish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023-yil 1-iyuldan boshlab, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida — 2023-yil 1-oktabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida — 2024-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklga o‘tkaziladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q