Barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan taʼminladi, aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 70 kmdan 60 kmga tushiriladi

Saqlash
14:30 / 01.03.2023 1206 0

Prezident 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

 

Unga koʻra:

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi;

 

2023-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;

 

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi;

 

32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi;

 

2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln soʻm yoʻnaltiriladi va boshqalar.

 

Farmonning toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//