Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1—2-mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, Boku shahriga tashrif doirasida davlat rahbari Qoʻshilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Ozarboyjon tomonining raisligida oʻtadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining taʼsiri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda koʻp tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston yetakchisi Ozarboyjon prezidenti bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda.
Qoʻshilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni oʻz tashqi siyosatining asosi etib eʼlon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q