Jamiyat
Bugun, 28-fevral kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida respublika diniy soha xodimlarining tanqidiy-tahliliy videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqida idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Juda keskin va tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda 2022-yil davomida masjidlar imom-xatiblari, imom-noiblari, mudarrislar va otinoyilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, ayrim diniy soha xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni isloh qilish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish jarayonida mehnat intizomiga rioya etmagan, vazifasiga vijdonan yondoshmagan, moʻmin-musulmonlar ehtiyojini qondirishga jiddiy saʼy-harakat qilmagan va diniy soha xodimi maqomiga munosib boʻlmagan 1 nafar viloyat bosh imom-xatibi oʻrinbasari, 2 nafar tuman bosh imomi va 1 nafar imom-xatib ishdan olindi va 4 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi eʼlon qilindi. Jumladan:
Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi oʻrinbosari Fatullayev Abdusalom, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani bosh imomi va «Shoh Mashrab» masjidi imom-xatibi Hafizullo Zayniyev, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Abloqulov Habibulla va Xorazm viloyati Shovot tumani «Xoʻroz Eshon bobo» masjidi imom-xatibi Roʻzmetov Davronbek yigʻilishda egallab turgan vazifalaridan ozod etildi.
Shuningdek, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali Jabborov, Jizzax shahar bosh imom-xatibi Faxriddin Shayzaqov, Toshkent viloyati «Rahbar ota Akbar oʻgʻli» masjidi imom-xatibi Rahmanov Muhammadiy va Fargʻona viloyati Soʻx tumani «Oftobroʻy» masjidi imom noibi Ilhomiddin Toirovga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi. Bundan tashqari, Toshkent shahri «al-Hudaybiya» masjidi imom noibi Shuhrat Ziyayev mehnat intizomiga rioya etmagani uchun chora sifatida boshqa ishga oʻtkazildi.
Shuningdek, ish faoliyatdagi xato-kamchiliklar sababli oʻtgan yilda 25 nafar imom-xatib, 19 nafar imom-noibi va 2 nafar muhtasib vazifasidan ozod etilgani, shuningdek, 56 nafar imom-xatib va imom noibiga «hayfsan» intizomiy chorasi berilgani maʼlum qilindi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q