Jamiyat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 28-fevral va 1–2-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim tumanlarida 2-mart kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 2-martda kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning togʻli hududlarida 28-fevral kunlari qor koʻchishi xavfi bor.
3-martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha bulutli havo; togʻoldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi; baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.
2–3-mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q