Vazirlar Mahkamasining ayrim xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

Saqlash
16:18 / 28.02.2023 1240 0

Vazirlar Mahkamasining 27-fevral №82 sonli qarori bilan bir qator xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

 

Bular:

 

Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshligʻi lavozimidan;

 

Ikrom Axmatovich Sariboyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros obyektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimidan;

 

Ermat Azimovich Ashirbayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasining Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//