Toshkentda toʻrtta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi

Saqlash
10:02 / 28.02.2023 14796 0

Toshkent shahrida 28-fevraldan boshlab bir qator avtobus yoʻnalishlari oraliq harakatlari oʻzgartiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bu ishlar yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

 

Oʻzgarishlar quyidagicha:

 

32-sonli (“4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan) Sergeli 6-a mavzesi—Gulobod koʻchasi avtobus yoʻnalishining oraliq harakati Furqat—Alisher Navoiy koʻchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;

 

56-sonli (“7-avtobus saroyi”) Chorsu savdo markazi—“Tariqteshar” mahallasi yoʻnalishining oraliq harakati Islom Karimov—Furqat koʻchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;

 

84-sonli (“4-avtobus saroyi”) Obod turmush—Gulobod koʻchasi yoʻnalishining oraliq harakati Novza—Bunyodkor va Furqat—Alisher Navoiy koʻchalari kesishmalarida tashkil etilgan yangi chorrahalar orqali;

 

112-sonli (“12-avtobus saroyi”) Olchazor mahallasi—Food city savdo majmuasi avtobus yoʻnalishining oraliq harakati Qipchoq koʻchasidan Tursunzoda, Shokirariq koʻchalari orqali etib belgilandi.

 

Avvalroq soʻnggi bekatlari Food city savdo majmuasi ASHBda joylashtirilgan 39, 45, 110, 122, 130-sonli yoʻnalishlarning oraliq harakati 4R21 va Bektemir yoʻli koʻchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali (2023-yil 10-fevral kunidan boshlab) oʻzgartirilgandi.

 

Shu bilan birga, 101-sonli “Darxon” mahallasi—Buyuk ipak yoʻli metrosi yoʻnalishining ish kunlaridagi ish boshlash vaqti soat 05:30 dan etib belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish