Jamiyat
“OʼzLiDeP” fraksiyasi yigʻilishida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Jinoyat kodeksiga koʻra oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirgan yoxud uni jinsiy aloqa qilishga majbur etgan yoki fohishalikka jalb qilgan, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlagan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Xususan, baʼzi jinoyatlar uchun jazo choralari ogʻirlashtirilmoqda. Yaʼni ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun 30 mln soʻmdan 60 mln soʻmgacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinadi.
Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish masalasida 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklifi berilmoqda.
Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun 300 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda.
16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda:
- voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan “haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish” tarzidagi yangi jazo turi joriy etilmoqda;
- aliment boʻyicha majburiyatlarga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilmasligi belgilanmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Zarnigor
12:01 / 01.01.1970
Kam-ku, odamni hayoti o'yinchoqmi