Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi va qorovuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Saqlash
09:02 / 28.02.2023 1240 0

Ohangaron shahri prokuraturasi qorovuli 26-fevral kuni 9 ming dollar pora olayotganda ushlangan.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

 

Tadbirda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qoʻriqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.

 

“2023-yil 27-fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qoʻriqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, – dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish