Iqtisod
2022-yil 12-dekabrdagi PQ-440-sonli qaror bilan import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzinga qoʻllanib kelingan “nol” stavkadagi aksiz soligʻi imtiyozi qoʻllanishi muddati 2023-yil 1-martda tugaydi.
“Oʻzbekneftgaz” AJga koʻra, 2023-yil 1-martda yuqoridagi tartiblarning amal qilish muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aksiz soligʻi hisoblanishi va birjada narxlarning erkin (oʻsish darajasi cheklanmasdan) shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda.
Bunda, 1-martdan boshlab birja savdolariga joylashtiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boshlangʻich narxi 6 863 000 soʻmdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 soʻmdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar oʻrtacha 8 150 000 soʻmni (1 litr uchun 6 100 soʻm) tashkil etishi kutilyapti.
Bunda, narxlar oʻzgarishi hisobiga “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 soʻmdan, import mahsuloti uchun 7 000 soʻmdan shakllanadi.
Maʼlumot uchun, Hukumatning 2022-yil 15-dekabrda tasdiqlangan “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni AI-80 rusumli avtobenzin bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish” chora-tadbirlarida 2022-yil 9-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida birja seksiyasi orqali AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini sotish narxining oʻsishi birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan koʻpi bilan 5 foizgacha miqdorda belgilangan edi.
1-martdan esa birjada AI-80 benzinining narxlari erkin (oʻsish darajasi cheklanmasdan) shakllantiriladi va bu shu markali benzinning narxi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109687
Jamiyat
94071
Jamiyat
89853
Jamiyat
73007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q