“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi boʻyicha respublika bosqichi gʻolibi aniqlandi

Saqlash
18:02 / 27.02.2023 1448 0

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining soʻnggi, 20-30 yosh toifasi boʻyicha bahslari oʻz nihoyasiga yetdi va gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

 

1-oʻrin: Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi 243,7 ball (Namangan viloyati) — “Spark” avtomobili sohibasi;

 

2-oʻrin: Safoyeva Iroda Foziljon qizi 224 ball (Samarqand viloyati) — 50.000.000 soʻm pul mukofoti sohibasi;
 

3-oʻrin: Fayzullayev Azamat Abdullo oʻgʻli 213,6 ball (Sirdaryo viloyati) — 30.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi.

 

 

Shuningdek, final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Avvalroq 10-14 va 15-19 yosh toifasi gʻoliblari aniqlangandi.

 

Maʼlumot uchun, “Yosh kitobxon” tanlovining 2023-yilgi mavsumi uchun roʻyxatdan oʻtish 1-mart sanasidan boshlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish