Jamiyat
27-fevral kuni Xorazm viloyat sektorlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Rahimov qatnashdi.
Yigʻilishda Murodxon Musoxonovich Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev soʻzga chiqib, viloyatda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtaldi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, Murodxon Ahmedov bungacha Fargʻona viloyati prokurori oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95107
Jamiyat
91335
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q