
Jamiyat
“Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2023-yilda:
muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlanadi.
2023-yil 1-sentabrdan nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.
2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:
bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;
mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.
Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi boʻlgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.
“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat boʻlimi yaratiladi.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q