Sergelida “Tez yordam” haydovchisi kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Saqlash
15:02 / 27.02.2023 918 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tibbiy yordam xizmati xodimi kaltaklanganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 27-fevral kuni taxminan soat 03.30 larda Sergeli tumani, Sergeli-4 dahasida istiqomat qiluvchi 1979-yilda tugʻilgan A.Aygul “103” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, tez-tibbiy yordam koʻrsatish brigadasini chaqirgan. Chaqiruvga binoan yetib kelgan tez-tibbiy yordam xizmati feldsheri 1983-yilda tugʻilgan X.Olesiya, xonadonga kirib A.Aygulni birlamchi koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning yonida boʻlgan tanishi 1990-yilda tugʻilgan K.Artyom feldsher goʻyoki A.Aygulga yaxshi qaramayotganligini bildirib, X.Olesiyaga kuch ishlatish bilan tahdid qilgan.

 

Feldsher undan qochib koʻchaga chiqqan vaqtida tez-tibbiy yordam mashinasi haydovchisi 1970-yilda tugʻilgan T.Saidazim X.Olesiyani himoya qilgan. Shu vaqtda K.Artyom jamoat tartibini buzib, T.Saidazimni urib, tan jarohati yetkazgan.

 

T.Saidazim olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani maʼlum qilinmoqda.

 

Holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish