Jamiyat
Endi xarid cheklari boʻyicha keshbek olish uchun Face ID orqali shaxsni tasdiqlash kerak boʻladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmitaga koʻra, buning uchun quyidagilar kerak boʻladi:
FACE ID boʻlimiga kirish;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini ((JShShIR) koʻrsatish;
yuzni toʻliq suratga olib, tasdiqlashga yuborish.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1 foiz keshbek qaytarilmoqda. Ilgari faqat 500 000 soʻmdan ortiq mablagʻni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi. Endi bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95107
Jamiyat
91335
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q