“Inson qadrini yuksaltirishda jamoatchilik fikri” kitobining taqdimoti oʻtkazildi

Saqlash
16:37 / 27.02.2023 1316 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uychi tuman boʻlinmasining “Inson qadri ustuvor davlat” loyihasi doirasida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori Munira Qahhorovaning “Inson qadrini yuksaltirishda jamoatchilik fikri” nomli uslubiy qoʻllanmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu kitob keng jamoatchilikka moʻljallangan boʻlib, ayniqsa, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlar va ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar uchun kerakli manba ekanini taʼkidladilar.

 

– Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrify sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Targʻibot-tashviqot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, tizimda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning bilim va malakasini izchil oshirib borish haqida gap ketganda uslubiy qo‘llanmalarga nihoyatda  ehtiyoj kattaligi seziladi. Qo‘limizdagi kitob esa ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga ma’lum darajada hissa qo‘shishiga ishonamiz, – dedi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyat boʻlimi rahbari Musaxon Appaqov.

 

Taqdimotda barcha ishtirokchilarga “Inson qadrini yuksaltirishda jamoatchilik fikri” nomli uslubiy-qoʻllanma tarqatildi. Tadbir tashkilotchilari hamda faollar ragʻbatlantirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//