Qibraydagi ziyoratgohni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻdan 263 millionni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari 5 yilga qamaldi

Saqlash
22:27 / 24.02.2023 1865 0

Nurafshon shahridagi shlakoblok ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari A.U. hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida hududdagi “Ulkan Toʻytepa” arxeologiya yodgorligining 30 sotix yer maydonini oʻz nomiga rasmiylashtirib olib, madaniy meros obyektiga 306 mln. 720 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

 

Sud qaroriga koʻra, MCHJ rahbari A.U. 1 yil-u 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi OʻzA.

 

2018-yilda Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohida qayta taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga 355 mln. 473 ming soʻm miqdorida byudjet mablagʻi ajratilgan.

 

Biroq MCHJ rahbari N.H. hisob-fakturalarga soxta maʼlumotlar kiritib, ish hajmini qoʻshib yozish orqali 263 mln. 286 ming soʻm mablagʻni talon-toroj qilgan.

 

Sud hukmiga koʻra, N.H.ga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//