Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni koʻpligi maʼlum qilindi

Saqlash
21:19 / 24.02.2023 2005 0

2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.

 

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 344 786 taga oshgan.

 

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:

 

Toshkent shahri – 562 100 ta;

Samarqand viloyati – 387 611 ta;

Toshkent viloyati – 346 956 ta;

Fargʻona viloyati – 329 409 ta;

Qashqadaryo viloyati – 273 020 ta;

Andijon viloyati – 229 609 ta;

Namangan viloyati – 228 745 ta;

Buxoro viloyati – 218 054 ta;

Xorazm viloyati – 213 139 ta;

Surxondaryo viloyati – 205 455 ta;

Qoraqalpogʻiston R. – 138 867 ta;

Navoiy viloyati – 100 238 ta;

Jizzax viloyati – 96 338 ta;

Sirdaryo viloyati – 66 979 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//